11 Iyul 2024 yil 364

Termiz shahrida “Obod va xavfsiz hudud” tamoyili asosida tungi xizmatlar faoliyat olib borishmoqda.

Joriy yilning 10 iyul kuni, Surxondaryo viloyati viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi, Termiz shahar prokuraturasi, huquqtartibot organlari va boshqa tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda Termiz  shahar hududida “Obod va xavfsiz hudud” tamoyili asosida fuqarolar xavfsizligi jamoat tartibini saqlash maqsadida, xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yo‘riqnomada shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik M.Boltaev, viloyat IIB sohaviy xizmat rahbarlari, shahar prokuraturasi, Termiz shahar FVB, Milliy gvardiya mas’ullari ishtirok etib, xodimlarga tadbir davomida xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda xizmat faoliyatlarini olib borishlari ta’kidlanib, fuqarolarning tinchligi, shahar osoyishtaligi, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida aniq topshiriq va vazifalar berildi.

Tinchlik va osayishtalikni ta’minlash, barqarorlik hamda turli ko‘ngilsizliklarning oldini olishda, osuda hayotimizni ta’minlashda tinchligimiz posbonlarining  alohida o‘rni bor. Termiz shahri hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi profilaktik tadbir oldidan saf tortgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Obod va xavfsiz hudud doirasida, Termiz shahri hududidagi turli ko‘ngilochar maskanlar, kompyuterxonalari va boshqa aholi gavjum maskanlarda, shuningdek, transport harakati serqatnov ko‘chalarda targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Termiz shahar bo‘ylab jamoat osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish – bu kabi amaliy ishlardan kutilgan natija sanaladi.

Hamkorlikda o‘tkazilayotgan bu kabi tungi profilaktik tadbirlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.

Text to speech