Termiz shahrida “Obod va xavfsiz hudud” tamoyili asosida tungi xizmatga reyd tadbirlari o‘tkazildi
Joriy yilning 4 iyul kuni, Surxondaryo viloyati viloyat Ichki ishlar boshqarmasi,
viloyat prokuraturasi, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi, Termiz shahar prokuraturasi
hamda hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Obod va xavfsiz
hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan amaliy ishlar samarasini oshirish maqsadida
tungi reydlar tashkil etildi.
Dastlab huquqtartibot organlari hamda hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat
ishchi guruh a’zolariga yo‘riqnoma o‘tkazilib, ushbu yo‘riqnomada shahar IIB boshlig‘i
podpolkovnik O‘.R.Shukurov, shahar prokurorining o‘rinbosari A.Tursunov, viloyat
IIB mas’ul xodimi podpolkovnik U.Ummatov va viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
D.Mirzaevlar ishtirok etib, xodimlarga tadbir davomida xizmat intizomi va qonunchilikka
qat’iy amal qilgan holda xizmat olib borishlari ta’kidlanib, fuqarolarning tinchligi,
shahar osoyishtaligi, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida
aniq topshiriqlar berildi.
Albatta tinchlik va osayishtalikni ta’minlash, barqarorlik hamda turli ko‘ngilsizliklarning
oldini olishda, osuda hayotimizni ta’minlashda tinchligimiz posbonlarining alohida o‘rni bor. Termiz shahri hududida jinoyatchilik
va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi
profilaktik tadbir oldidan saf tortgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining
asosiy maqsadi hisoblanadi.
Obod va xavfsiz hudud doirasida, Termiz shahri hududidagi turli ko‘ngilochar
maskanlar, kompyuterxonalari va boshqa aholi gavjum maskanlarda, shuningdek, transport
harakati serqatnov ko‘chalarda targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Probatsiya nazoratida
turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Termiz shahar bo‘ylab jamoat
osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi
omillarning oldini olish – bu kabi amaliy ishlardan kutilgan natija sanaladi.
Hamkorlikda o‘tkazilayotgan
bu kabi tungi profilaktik tadbirlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.