29 Yanvar 2025 yil 977

Termiz shahrida nazoratsiz va qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlar olib borilib, ota-onalari ishtirokida yig‘ilish muhokama o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga Sho‘rchi hamda Boysun tumanlarida yashovchi uch nafar voyaga yetmagan qizlar Termiz shahriga o‘qishga kelganligi, ularning tungi vaqtda ko‘chada nazoratsiz va qarovsiz yurganligi sababli, shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida markazga olib kelib joylashtirildi. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi yoki jinoyat qurboni bo‘lishini oldini olish maqsadida, profilaktik ishlar olib borilib, ularning ota-onalari, maktab, mahalla hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida nazoratsiz yurganligi yuzasidan yig‘ilish muxokamasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan muhokama  yig‘ilishida, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Abror Xudoyberdiev so‘zga chiqib, oilaviy yashash sharoitini doimiy ravishda nazoratga olinishi, oiladagi nosog‘lom muxitni o‘rganib chiqilishi farzandini muqim bir joyda istiqomat qilishini ta’minlash haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Muhokama yakunda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati mas’ul xodimi podpolkovnik J.Qosimov so‘zga chiqib markazdan ketganidan so‘ng ta’lim tarbiyasi muntazam ravishda o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi VMning 490-sonli qarori talablariga asosan doimiy ravishda manitoring qilinishi va oilasini, yashash sharoitlarini tuman profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi doimiy nazorat qilib borilishi haqida topshiriqlar berdi.

Muhokama so‘ngida nazoratsiz va qarovsiz yurganligi sababli voyaga yetmagan qizlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasida belgilangan talablar bo‘yicha ma’muriy choralar qo‘llanilib, farzandining kelgusi taqdiriga befarq bo‘lmasligi haqida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech