Termiz shahrida navbatdagi jinoyatchilik muhokamasi o‘tkazildi
Jinoyat va huquqbuzarliklarni
oldini olishda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga, jamoatchilik
ishtirokida jinoyat va uning salbiy oqibatlarini muhokama qilib borish ham sodir
etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Shahar IIB rahbariyati hamda Termiz
shahar hokimligi tomonidan mahallalarda doimiy o‘tkazib kelinayotgan jinoyatchilik
muhokamasi tadbirlari ham ayni maqsadlarga qaratilgan.
Termiz shahar hokimi O‘.To‘raev
"Manguzar" mahallasiga tashrif buyurdi. Keng jamoatchilik vakillari va
mutasaddilar ishtirokida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyatlar muhokama etildi.
Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va
hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning
oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi. Uchrashuvlarda jamoatchilik
bilan hamkorlikdagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy ongini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishga kelishib
olindi.