Termiz shahrida istiqomat qiluvchi ovchilar bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xuquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risidagi Qonunining 9-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 mart kunidagi qaroriga asosan xavftaning har
payshanba kuni “Profilaktika kuni”- deb belgilangan.
Shu sababdan joriy yilning 5 oktabr kuni Termiz shahar
IIB boshlig‘i N.Narzullaev hamda Termiz shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari
S.Alimovlar ishtirokida Termiz shahrida yashovchi Ovchilik jamiyatiga a’zo bo‘lgan
fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
”Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomolasi sohasida litsenziyalash
va ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2023 yil 1 maydagi qarori hamda O‘zbekiston Respublika IIVning 2023 yil 29 may kunidagi
tegishli ko‘rsatmasi talabi va uning mazmun mohiyati tushuntirildi.
Ovchilar
o‘rtasida o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot tadbiri davomida ishtirokchilar o‘zlarini
qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumotlar olishdi.