Termiz shahrida ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024 yil 12 yanvar kunidagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish
hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli
farmoniga asosan, Termiz shahridagi San’at saroyi majmuasida ichki turizmni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan turizm yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu tashkil etilgan turizm yarmarkasida,
mehmonxonalar, tur firmalar, hunarmandchilik uyushmalari, muzeylar va boshqa bir
qator turizm sohasiga aloqador hamkor tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmalari bilan
ishtirok etishdi.
Shuningdek,
turistlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida viloyat ichki ishlar boshqarmasi
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ishtirokchilar
e’tiboriga kerakli ma’lumotlar berildi.