Termiz shahrida ichki ishlar organlari tomonidan Otaliqqa olingan maktab o‘quvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Termiz shaxridagi 1-sonli IIB tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan "Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish davr talabi" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida IIV Akademiyasi o‘qituvchisi va kursantlari, milliy gvardiya xodimi hamda maktab direktori va o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning inson hayotiga xavf soluvchi illatligi haqidagi kerakli ma’lumotlar yetkazildi. Ularni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.