Termiz shahrida Ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024 yil 21 fevral kunidagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni
qo‘llab-quvvatlash yilida” amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hamda Surxondaryo viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida
Termiz shaharda otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda
ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Xavfsiz hayot uchun
birlashaylik!” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida Termiz shaharning
3-sektor hududida istiqomat qiluvchi bilimdon yoshlardan tashkil topgan jamoalar
o‘z bilim va salohiyatlari bilan bahs olib borishdi.
Yuqori saviyada o‘tkazilgan bahs natijalariga ko‘ra, Termiz shahridagi “Ma’rifat”
mahallasining “Bilimdonlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik
sovg‘alari bilan taqdirlandi.