Termiz shahrida ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlarning muammolari o‘rganilib, bandligi ta’minlanmoqda
“2024 yil – Yoshlar
va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan ichki
ishlar organlarida bir million nafar, xususan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasiga sakson to‘rt ming sakkiz yuz yetmish sakkiz nafar yoshlar bilan ishlash
tizimi samaradorligini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini
ta’minlash ishlarini manzilli tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur yo‘nalish yuzasidan yoshlar bandligini ta’minlash,
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olishiga ko‘maklashish, subsidiya
ajratish, kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yuborish yuzasidan Termiz
shahar IIB boshlig‘i 3 sektor rahbari podpolkovnik O‘.R.Shukurov tomonidan yoshlarga
imtiyozli kredit ajratilinib, ularga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun
qulayliklar yaratilib berildi. Bandligi ta’minlangan yoshlarning ish samaradorligini
o‘rganish maqsadida ular faoliyati va muammolari o‘rganilib qo‘shimcha ko‘rsatma
hamda tavsiyalar berildi.