15 Dekabr 2024 yil 754

Termiz shahrida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ta’minlash hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan yurtimiz xalqining osoyishtaligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholini qish mavsumida energiya resurslari (elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, issiq suv) bilan to‘liq ta’minlash hamda bu borada tegishli idora va tashkilotlar vakillarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida ham amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 15 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov boshchiligida soha mas’ullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilari ishtirokida Termiz shahrining O‘zbekiston mahallasida joylashgan 14 ta ko‘p qavatli uylardagi mavjud 520 ta xonadon hamda 2 ta ijtimoiy soha obe’ktlari ya’ni Termiz shahar san’at va musiqa maktabi, 15 sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini issiqlik bilan ta’minlovchi  RK-6 Qozonxona faolyati bilan yaqindan tanishildi. U yerdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, Termiz shahar Tibbiyot birlashmasidagi issiqlik manbaini ishlab chiqaruvchi qozonxona hamda binolarning issiqligi, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, Tibbiyot birlashmasi masu’llari hamda ishchi xizmatchilari bilan suhbat qurildi.

Shundan so‘ng, o‘rganish manzili Surxondaryo viloyat Elektr tarmoqlari boshqarmasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialida tashkil qilingan viloyat kuz-qish shtabida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida, hududlarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘p qavatli uylar, shaxsiy xonadonlar va jamoat joylarida videokuzatuv qamrovini oshirish, kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, profilaktika inspektorlari tomonidan aholi muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha “mahalla yettiligi” bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tungi vaqtlarda har qanday ko‘rinishdagi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, jamoat  tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaratilib, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Ishchi guruh a’zolarining kundalik o‘rganish ishlari viloyatning barcha hududlarida ham davom etmoqda.

Text to speech