29 Dekabr 2023 yil 1704

Termiz shahrida xorijlik talabalar ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va Termiz shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari Termiz shahrida joylashgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filialida ta’lim olayotgan Hindiston talabalari ishtirokida profilaktik suhbat olib borildi.

Tadbir davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 593-qarori talablaridan kelib chiqqan holda ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi va talablari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, kelgusida xorijlik talabalarga O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidasiga qat’iy amal qilishlari hamda qaror talablarini buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 225-moddalariga asosan jarimaga tortilishi bo‘yicha ogohlantirildi.

Profilaktik tadbir yakunida xodimlar chet el talabalarini qiziqtirgan savollariga javoblar berishib, kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omadlar tilashdi.

Text to speech