15 Iyul 2024 yil
405
Termiz shahrida “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida “TIG‘” profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni
xodimlari jamoat joylari bo‘lgan bozorlar, savdo markazlari va fuqarolar gavjum
joylarida, “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida “TIG‘” profilaktik tushuntirish targ‘ibot
tadbirlarini o‘tkazmoqda.
O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida aholiga o‘tkir
tig‘li jismlarni ochiq holda olib yurmasliklari, ushbu “TIG‘”li jismlar bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan
baxtsiz hodisalar, jinoyatlar va ularni oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.