4 Iyul 2024 yil 289

Termiz shahrida fuqarolar o‘rtasida Kibermadaniyatni oshirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Termiz shahridagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbirda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori tomonidan “mahalla yettiligi” faollari hamda fuqarolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida, targ‘ibot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech