28 Mart 2024 yil 233

Termiz shahrida “Dillarda vatan madhi!” shiori ostida qo‘shiq va she’riyat tanlovi bo‘lib o‘tdi!

Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3 sektor rahbari podpolkovnik O‘.R.Shukurov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 2024-yil 9-mart kunidagi "2024 yil mart-iyun oylarida respublikadagi 14-30 yosh o‘rtasida "Dillarda vatan madhi" shiori ostida qo‘shiq va she’riyat tanlovi o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, Termiz shahridagi 3-sektor mahallalari hududlarida istiqomat qiluvchi iqtidorli yoshlar o‘rtasida qo‘shiq va she’riyat yo‘nalishlarida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra 1, 2, 3 o‘ringa munosib deb topilgan yoshlarga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar ko‘rik tanlovning viloyat bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Text to speech