Termiz shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ijobiy yechim topish maqsadida, 3-sektor rahbarining “Sayyor qabuli” o‘tkazildi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotgan
islohotlar natijasida, aholining muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim
topish, fuqarolarni bugungi kunidan rozi qilish maqsadida, joylarda sayyor qabullar
tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday qabullarning navbatdagisi
Termiz shahar “Nurli-kelajak” mahallasida aholining yashash hamda turmush sharoitlarini
o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 3-sektor rahbari Boltaev
Murod Mamarajabovichning “Sayyor qabuli” tashkil etildi.
Qabulda 3-sektor rahbari, mas’ul
korxona va tashkilot mas’ullari ishtirokida fuqarolarning bir qator murojaatlari
tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi shu
yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar
berildi.
Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan
murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga
olindi.