19 Iyul 2024 yil 528

Termiz shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ijobiy yechim topish maqsadida 3-sektor rahbarining “Sayyor qabuli” o‘tkazildi.

Muhtaram  Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotgan islohotlar natijasida, aholini muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim izlash, fuqarolarni bugungi kunidan rozi qilish maqsadida joylarda “Sayyor qabul”lar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday qabullarning navbatdagisi Termiz shahar “Amu-Sohillari” mahallasida aholining yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 3-sektor rahbari Boltaev Murod Mamarajabovichning “Sayyor qabuli” tashkil etildi.

Ushbu sayyor qabulda 3-sektor rahbari, mas’ul korxona va tashkilot  xodimlari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, moddiy yordam olish, kontrakt to‘lovini to‘lash, ishga tiklash, sog‘ligini yaxshilash, ichki yo‘llar ta’miri va boshqa bir qator masalalardagi o‘ttizga yaqin murojaatlar tinglandi.

Murojaatlarning bir qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.

Text to speech