16 Iyul 2024 yil 424

Termiz shahrida 3-sektor rahbari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar muammolari o‘rganildi.

Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, ularda vatanga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantishga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, Surxondaryo viloyati miqyosida o‘z aksini topmoqda.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 3-sektor rahbari M.Boltaev tomonidan sektordagi otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida, jinoyatchilikning oldini olish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shaharning 3-sektor hududidagi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ularni kasb-hunarga o‘qitish va doimiy bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilib, bu boradagi say’i harakatlar o‘z yechimini topmoqda.

Shaharning 3-sektor hududida joylashgan mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ish rejalari va dasturlar ishlab chiqilib, qator amaliy ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu maqsadda bugun Termiz shahar IIB boshlig‘i 3 sektor rahbari M.Boltaevning navbatdagi “Sayyor qabuli” tashkil etilib, yoshlarni qiynab kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi. Yoshlar bilan tashkil qilingan uchrashuv davomida, yoshlar o‘z tashabbuslari bilan ishtirok etib, turli biznes loyihalar, ijtimoiy loyihalari bilan o‘rtoqlashish asnosida, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalari bilan 3- sektor rahbariga murojaatlar qilishdi. Qayd etilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar o‘rganish uchun muddat talab qilinganligi bois ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech