Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari uchun viloyatimizdagi qadimiy majmualarga sayohat tashkil etildi
O‘tmish va tarix – bu ikki so‘z o‘zining qamroviga juda
katta ma’nolarni mujassam etgan. O‘tmish va tarixsiz kelajakni barpo etish, kelajakka
intilish mushkul ekanligini barcha birdek anglaydi va biladi.
Shu bois 2025 yil 21 fevral kuni Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on
tumani IIB xodimlari uchun viloyatimizning Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumanida
joylashgan “Sulton-Saodat” va “Sayyid Jamoliddin va Sayyid Kamoliddin At-Termiziy
”majmuasiga, sayohat tashkil etildi. Tashrif davomida xodimlarga majmua mas’ul xodimlari
tomonidan buyuk mutaffakkirlarimizning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi.
Albatta bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkillashtirib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarni tariximizni yanada chuqurroq o‘rganishga qolaversa buyuk ajdodlarimizga nisbatan faxr tuyg‘usini shakllantirishga yordam beradi.