Termiz shahri hududida “Biz giyohvandlikka qarshimiz shiori ostida” "Targ‘ibot karvoni" tashkil etilib, aholi va yoshlar gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi.
Respublikamiz hududida 2025 yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri oyligi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Termiz
shahri ko‘chalari bo‘ylab, Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalar tarqalishining oldini olish maqsadiga qaratilgan “Biz giyohvandlikka qarshimiz
shiori ostida” "Targ‘ibot karvoni" tashkil etilib, targ‘ibot tadbirlarini
olib borishdi.
Ushbu o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida
ayniqsa talaba yoshlar tengdoshlarining kelajak taqdiriga befarq qarab tkraolmasliklarini
namoyon etishib, o‘z faolliklarini ko‘rsatishdi.
Targ‘ibot tadbirlarida, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish
milliy markazi hamda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati mas’ul xodimlari, barcha
jamoatchilik hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, targ‘ibotchilar “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor profilaktik tadbirida barcha birdek faol ishtirok etishlarini ta’kidlab, kelajak avlod vakillari ayniqsa yosh yigit-qizlar tarkibida giyohvand moddalar mavjud bo‘lgan tabletkalarni, sintetik va boshqa turdagi giyohvand vositalarini iste’mol qilishlari oqibatida bu jirkanch illatga qaram bo‘lib qolishayotganliklari, oqibatda turli ko‘ngilsiz holatlar, og‘ir oqibatli jinoyatlar va davosi topilmas kasalliklarga mubtalo bo‘layotganliklari, natijada nogiron farzandlar dunyoga kelayotganliklari haqida ma’lumotlar bilan ishtirok etishib, narkotik moddalarga qarshi kurashish, unga qaramlikning oldini olish bo‘yicha tayyorlangan maxsus bukletlar tarqatildi.