Termiz hamda Angor tuman Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 29 sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Zavkiddin Xujanov hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sodiq Safarov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda
xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlari
davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida
“temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni
yaxshilashga qaratilib, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va
korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu
jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda
bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi,
avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib, ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarni
aniqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Shundan so‘ng yig‘ilishda xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, mas’uliyatini oshirish maqsadida, joriy yilda viloyat IIB xodimlari ishtirokida sodir etilgan holatlar aks etgan “Hiyonat va halollik” nomli videofilm namoyish etilib, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarni oldini olishga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.