1 Mart 2024 yil 489

Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari tomonidan Termiz Agrotexnologiyalar va inovatsion rivojlanish institutining Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi talabalari o‘rtasida turli xildagi yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabab va omillari, ularni oldini olish hamda bartaraf etish choralari yuzasidan targ‘ibot tashviqod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mavzu yuzasidan uy hayvonlari orqali insonlarga o‘tishi mumkin bo‘lgan turli yuqumli kasalliklar haqida ma’lumotlar berilib, ularni davolash profilaktikasi yuzasidan fikr mulohazalar yuritildi. Talabalar tomonidan berilgan savollariga mutaxassislar o‘zlarining amaliyot davomida qayd etilgan misollar orqali javoblar qaytarishdi.

Text to speech