Termiz shahar “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi hududida jinoyat sodir etilmasligi kerak!
Davlatimiz rahbarining vohamizga qilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlari
ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahridagi qizil toifaga kiritilgan “Tuproqqo‘rg‘on”
mahallasi fuqarolar yig‘inida mahallada ismtiqomat qiluvchi va shu hududda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar va fuqarolar uchrashuv bo‘lib
o‘tdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda Surxondaryo viloyati IIB boshig‘ining birinchi
o‘rinbosari podpolkovnik B.Inoqov, Termiz
shahar xokimi O‘.To‘raev, shahar prokurori X.Mamatqulov, shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik
O‘.Shukurov, MG qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i mayor Sh.Qurbonovlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish, har bir
ko‘cha, ko‘p qavatli uylar va xizmat ko‘rsatish va savdo shahobchalarini zamonaviy
kuzatuv kameralari bilan jihozlash, mahallani obodonlashtirish masalalari yuzasidan
mas’ullar o‘z chaqiruvlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlar bilan o‘zaro fikr almashildi.
Muloqot davomida, so‘zga chiqqan fuqarolar mahallaning tinchligi va obodligi yo‘lida
barcha birdek mas’ulligi, bor ichki imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish
orqali hududni to‘liq kameralashtirish orqali xavfsiz mahallaga aylantirishga tayyor
ekanliklarini ta’kidlashdi.
Shuningdek, uchrashuvga taklif etilgan tadbirkorlarga Milliy gvardiya qo‘riqlash
bo‘limi xodimlari tomonidan zamonaviy qo‘riqlov pultining afzalliklari, tadbirkorlarga
va fuqarlarimizga qulaylik tomonlari to‘g‘risida atoroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shundan so‘ng sektor rahbarlari ishtirokida Tuproqqo‘rg‘on mahallasidagi
“A.Navoiy” ko‘chasi 34 uyning 5 ta kirish yo‘lagiga raqamli qulf hamda jeton orqali
xavfsizlik moslamalari bilan jihozlangan zamonaviy eshiklar “Smart xaus” MChJ tomonidan
o‘rnatish ishlari olib borildi.
Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan
asosiy maqsad esa fuqarolarimizning xavfsiligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish va xavfsiz xonadon, xavfsiz mahallaga aylantirishga qaratilgan.
Bu boradagi amaliy ishlar bosqichma bosqich vohaning barcha hududlarda izchillik
bilan davom etmoqda.