20 Yanvar 2024 yil
1239
Termiz shahar prokuraturasi va Termiz shahar IIB tashabbusi bilan yoshlar uchun "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil etildi.
Termiz shahar prokuraturasi va Termiz shahar IIB tashabbusi bilan Termiz
shahrida joylashgan "San’at saroyi"da keng aholi va probatsiya guruhida
jazo o‘tayotgan yoshlar uchun "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil
etildi.
Mehnat yarmarkasida Termiz shahridagi barcha tadbirkorlik subektlari, MChJ
va NNT tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi va
o‘sha joyning o‘zida takliflarni ma’qul ko‘rgan 14 nafar yosh ish bilan ta’minlandi.
7 nafar yoshlarning boshqa muammolari ham bartaraf qilindi.
Shuningdek, reja qilingan dastur doirasida tashkil etilgan teatr yarmarkaga
tashrif buyurgan yoshlar ishtirokida tomosha qilindi.