Termiz shahar Politexnikumi talabalari ishtirokida “Yoshlar orasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi.
“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligi doirasida, Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Termiz shahar Politexnikumida “Yoshlar orasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat
qilish milliy markazi hamda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati mas’ul xodimlari
hamda texnikum yoshlari ishtirok etishdi.
Mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga
“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini
olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
va vazifalar tushuntirildi.
Shuningdek, kelajak avlod vakillari
tarkibida giyohvand moddalar mavjud bo‘lgan tabletkalarni, sintetik giyohvand vositalarini
iste’mol qilishlari oqibatida bu jirkanch illatga qaram bo‘lib qolish oqibatlari
haqida fikr mulohazalar yuritildi.
O‘quv-amaliy seminari davomida, talaba yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashish, unga qaramlikning oldini olishga qaratilgan bukletlar tarqatildi.