23 Aprel 2024 yil 539

Termiz shahar hokimligida Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi

Kuni kecha Termiz shahar hokimligida Termiz shahar hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari G. Rahmonova, Termiz shahar IIB boshlig‘i O‘. Shukurov va shaharning 37 ta mahalla xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda "Biz ayollar o‘rtasida zo‘ravonlik va jinoyatchilikka qarshimiz" shiori ostida semenar-trening o‘tkazildi. Hozirgi kunda shahrimizda jinoyat sodir etgan va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar, taziyq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va shu bilan birgalikda migratsiyada yurgan ayollarni aniqlab, ularga huquqiy va  psixolik yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini aniqlab to‘g‘ri va aniq yo‘naltirish yuzasidan fikr mulohazalar almashildi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shu kabi kuchaytirilgan tartibda targ‘ibot tadbirlari olib borilayversa xotin-qizlar o‘rtasida zo‘ravonlik va jinoyatlar soni keskin kamayishiga erishiladi.

Text to speech