Termiz shahar hokimligi binosida navbatdagi voyaga yetmaganlar komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Termiz shahar hokimi boshchiligida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan Termiz
shahar voyaga yetmaganlar komissiyasi yig‘ilishida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari, shahar prokurori, mutasaddi idora va tashkilotlar, vasiylik vakillari ishtirok
etishdi. Muhokama davomida voyaga yetmagan fuqaroning kelgusi taqdiri, ta’limi va
tarbiyasi, jamiyatdagi yurish-turishi va boshqa bir qator masalalar tanqidiy o‘rganildi.
Yig‘ilishda o‘rganilgan
masalalar yuzasidan Termiz shahar voyaga yetmaganlar komissiyasi raisi tomonidan
ko‘rib chiqilib, voyaga yetmaganlar komissiyasi qarori sifatida voyaga yetmaganning
tarbiyasi yaqin qarindoshlari zimmasiga yuklatilib, ijtimoiy himoya idoralari hamda
mahalla faollari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilishi, tibbiy yo‘sindagi davolash
choralari ko‘rilishi belgilandi.
Termiz shahar voyaga yetmaganlar komissiyasi yig‘ilishi yakunida, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatga barkamol shaxs sifatida ulg‘aytirish yo‘lida barcha birdek mas’uliyat bilan yondashish lozimligi qayd etildi.