30 Aprel 2024 yil 606

Termiz shahar IIBga faxriylar tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning "Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir"- degan fikrlari bejizga emas, chunki faxriylarimizni xotirlash, e’zozlash va ularning boy tajribalarini o‘rganish muvaffaqiyatlar garovidir.

Shu sababli Termiz shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurovning tashabbusi bilan Termiz shahar IIB Faxriylar kengashi raisi hamrohligida shahar hududida istiqomat qiluvchi faxriylar Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasiga taklif qilinib, boshqarmada tashkil qilingan kutubxona, ichki ishlar tizimida uzoq yillar faoliyat olib borgan bir guruh faxriy xodimlarning mehnat faoliyatiga oid ko‘rgazmalar bilan tanishishdi.

Bundan tashqari faxriylarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ular bilan dildan samimiy suhbatlar qilindi.

Text to speech