26 Sentyabr 2024 yil 180

Termiz shahar IIBda qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Kuni kecha Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida Termiz shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik G‘olib Badalov tomonidan shahar IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib unda, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 avgustdagi O‘RQ-946-son “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2201-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida” hamda 2024 yil 28 avgustdagi O‘RQ-949-son “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqidagi” Qonunlar qabul qilinganligi to‘g‘risida shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.

Mazkur qonunlar bilan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida shaxsni o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirganda ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi mustahkamlanishi bilan bir qatorda, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning choralari kuchaytirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2201-moddasi uchinchi qismiga muvofiq shaxsni o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirganda ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi;

 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1851-moddasining (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) yangi tahririga muvofiq pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlanganlik saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi; 

Alohida e’tibor qaratiladigan jihati shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan, ichki ishlar organlari nomidan ushbu kodeksning 1851-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inpektorlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berilgan. Targ‘ibot tadbiri yakunida, shaxsiy tarkib o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, tegishli ma’lumotlar olishdi.

Text to speech