9 Yanvar 2025 yil 571

Termiz shahar IIBda “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda 14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqorida saviyada o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 9 yanvar kuni Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musoboqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musoboqa yakuniga ko‘ra, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi katta inspektori mayor Alisher Amanov birinchi, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi inspektori kapitan Toyir Raximov ikkinchi, Termiz shahar IIB 2-son IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori katta leytenant Azizbek Beknazarov uchinchi o‘rinlarni egallab diplom  va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bu kabi sport musoboqalari va madaniy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda. 

Text to speech