Termiz shahar IIBda «Biz korrupsiyaga qarshimiz!» shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Termiz shahar
Ichki ishlar boshqarmasida «Biz korrupsiyaga qarshimiz!» shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz shahar
Prokurori adliya maslahatchisi X.Mamatqulov hamda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i O‘.Shukurovlar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘.Shukurov Ichki ishlar vazirligi tomonidan
2024-yil 15-aprel kuni tizimda "Korrupsiyaga
qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi" e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu
tadbirning maqsad va vazifalari haqida qisqacha so‘z yuritdi.
Shundan keyin Termiz shahar Prokurori adliya
maslahatchisi X.Mamatqulov xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash
hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik holatlarini sodir etilishini oldini
olish, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya
va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni
mustahkam saqlash bo‘yicha aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi.
Tadbir
yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan masullar tomonidan tegishli
javoblar olishdi.