7 Mart 2025 yil 978

Termiz shahar IIBda 8-mart Xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan ayollarga fuqarolik ID kartalarii topshirildi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan xayrli tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘ndan ortiq ayollarga fuqarolik ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir yurtimizda olib borilayotgan insonparvar siyosatning amaliy ifodasi bo‘lib, fuqarolik hujjatlari rasmiylashtirilmagan ayollar uchun katta qulaylik yaratdi.

Ushbu hujjat nafaqat shaxsni tasdiqlovchi muhim vosita, balki ularning ijtimoiy hayotga faol integratsiyalashuvi, davlat xizmatlaridan foydalanishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutasaddilar xotin-qizlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi o‘rni hamda huquqiy himoyasi masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.

Text to speech