Termiz shahar IIB xodimlari bilan uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprel kunidagi, PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 24-martdagi tegishli farmoyishiga asosan, Termiz shahar IIBda ham xodimlarni har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga sidqidildan xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarimizga sodiq, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlari yangicha yondashuvlar asosida olib chiqilmoqda.
Xodimlarning ma’naviy bilim darajasini
yanada kuchaytirish maqsadida, joriy yilning 1-aprelidan 30-aprelgacha o‘tkazilayotgan
“Ma’naviyat oyligi” e’lon qilingan bo‘lib, oylik doirasida bir qator targ‘ibot tadbirlari,
uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Shu jumladan Termiz shahar IIB xodimlari
bilan, uzoq yillar mobaynida tizimda xizmat qilib kelgan, bugungi kunda nafaqa gashtini
surayotgan faxriylar ishtirokida "uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida nuroniylar, hodimlarga o‘z xizmat va hayotiy faoliyatiri davomida boshdan kechirgan qiyinchiliklari hamda bugungi kunda tizimda yaratilayotgan keng qulayliklar, imkoniyatlar haqida so‘z yurutdilar