25 Mart 2024 yil 238

Termiz shahar IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish maqsadida Sayyor qabul o‘tkazildi

Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va masalalarni o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish orqali hal etish, taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun "Amu Sohil" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi aholisi uchun Termiz shahar IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari O‘.R.Shukurov tomonidan ommaviy qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda oqova suvi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr-energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, shuningdek yer ajratish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, bandlik, uy-joy bilan ta’minlash subsidiya ajratish obodonlashtirish kabi bir qator muhim masalalarda murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning aksariyati qabul davomida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat hamda o‘rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, belgilangan muddatlarda hal etilishi uchun mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Text to speech