13 Avgust 2024 yil 312

Termiz shahar IIB boshlig‘i, 3 sektor rahbari “Probatsiya oyligi” doirasida nazorat ostidagi shaxslar hamda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ayni kunlarda Respublikamiz hududi bo‘ylab keng qamrovli "Probatsiya oyligi" hamda "Hamkor maxsus profilaktik" tadbiri davom etib kelmoqda, shu jumladan  Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya hisobida turib  jazo o‘tab kelayotgan nazorat ostidagi shaxslar bilan 3-sektor rahbari Termiz shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik M.Boltaev tomonidan  shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya  hisobidagi  nazorat ostidagi shaxslar hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga "Probatsiya to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinganligi, ushbu qonun to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarning muammolari o‘rganilib hamkor tashkilotlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, nazorat ostidagi shaxslarga kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari, tegishli JIB shahar-tuman sud organlari tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarga rioya qilishlari to‘g‘risida profilaktik suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech