20 Noyabr 2024 yil 154

Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri tashkil etildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘rsida”gi qarori hamda Ichki ishlar vazirligining joriy yil 18-oktabrdagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 19 noyabr kuni Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasida Termiz shahar 2-sonli umumtalim maktabida tahsil olayotgan otaliqqa olingan o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida Termiz shahar IIB boshlig‘ining  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Feruz Qilichev tomonidan o‘quvchilarga bugungi tadbir haqida ma’lumot berib, bevosita bugungi kunda tizimda kadrlar bilan taminlash xizmati yo‘nalishida ham amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, o‘quvchilar shahar ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan jinoyatlarni issiq izidan fosh etishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, maxsus tehnikalar va TVBSO xizmatchilari tomonidan qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishtiridi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan ijobiy javoblarni olishdi.

Tadbir ishtirokchilariga kelajakda biror-bir salbiy holat natijasida  huquqbuzar yoki sodir etilgan huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanib qolmasliklarini oldini olish maqsadida qisqa vaqt ichida bo‘lsa ham mutaxasislar tomonidan tushunchalar berildi.  Jarayon so‘ngida o‘quvchilar IIBda joylangan xizmat honalari va fahriylar kengashi xonalari bilan yaqindan tanishishdi.

Albatta bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad  yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech