17 Fevral 2025 yil 519

Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining joriy yil         10 fevral kunidagi tegishli ko‘rsatmasida belgilangan reja-grafik asosida, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va faxriylari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda, dastlab Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Feruz Qilichov so‘zga chiqib, jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi mayor Abduhalim Abduhalilov va faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi mayor Bo‘ri Shodiev so‘zga chiqishib, uzoq yillik mazmunli hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va mashaqqatlar haqida so‘zlashib, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan nuroniylar qolaversa ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilayotgan shar-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi, faxriy ustozlar tizimida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.

Text to speech