Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida, “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprel kunidagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 24-martdagi tegishli farmoyishiga asosan, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlari yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
Xodimlarning ma’naviy bilim
darajasini yanada kuchaytirish maqsadida, joriy yilning 1-aprelidan 30-aprelgacha
o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi”da Termiz shahar IIB xodimlari bilan uch avlod
uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida, iste’fodagi ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlarining hayotiy boy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, sohaga doir tegishli maslahatlar va o‘gitlar berishdi.