10 Iyun 2025 yil 442

Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” tadbiri doirasida uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 3-martdagi tegishli buyrug‘i va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 26-may kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi mamlakatimiz bo‘ylab, “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida uchrashuv tashkil etilib, unda huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, xodimlar o‘rtasida Korrupsiyaga chek qo‘yish, xodimlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida mas’uliyatini oshirish hamda xizmat vazifasiga kirishish vaqtida javobgarligini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar Prokurori o‘rinbosari Kamol Hazratqulov ishtirok etib, unda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hususida so‘z yuritildi.

Text to speech