8 Iyul 2025 yil 278

Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan psixologik davra suhbati o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmat psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda psixolog Xalima Bekmuratovalar bilan o‘zaro hamkorlikda  fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Termiz shahar  ichki ishlar boshqarmasi tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligi, kasbiy bilimlarini oshirish, shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish, ularning  muloqot psixologiyasi, muomala madaniyatini hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati  o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida, xodimlarga ilmiy psixologik usullarni maqsadli qo‘llash orqali jamoadagi sog‘lom muhitni shakllantirish, turli stress va ziddiyatli vaziyatlarga moslashish qobiliyatini rivojlantirish hamda ularning jismoniy-ruhiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Har kuni turli toifa va xarakterdagi fuqarolar bilan muloqotda bo‘ladigan xodimlarning muomala madaniyati yuqori bo‘lishi lozim shu boisdan psixologlar tomonidan xodimlarga notiqlik madaniyati haqidagi tushunchalar berib o‘tildi.

Davra suhbatida xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti jarayonida yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha shuningdek, turli stress vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar haqida xodimlarga ma’lumotlar berilib ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib borish xodimning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech