25 Iyul 2025 yil 542

Termiz shahar, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Denov tumani IIBlarida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 25 iyul kuni Termiz shahar, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Denov tumani IIBlarida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.    

Mazkur yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning bilim va malakalarini boyitish fikrlash doirasini kengaytirish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonliklarini oshirishdan iboratdir.

Tashkil etilgan kitob yarmarkasida xodimlar o‘zlari sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning sara ijod namunalari aks etgan kitoblardan nafaqat o‘z ehtiyojlari uchun balki shahar-tuman IIBlarida mavjud kutubxonalarning kitob fondini boyitish maqsadida ham kitoblar harid qilishib, o‘z nomlaridan kutubxonaga esdalik tariqasida sovg‘a qilishdi.

Text to speech