Tergovchi va surishtiruvchilarning malakasi oshirilmoqda
Joriy-yilning 25-mart kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasida Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari hamda prokuratura organlari xodimlari bilan “Qotillik jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Fuqarolarning o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish, ushbu sohadagi tergov faoliyati samaradorligini yanada oshirish” hamda “Ashyoviy dalillarni olish, ularni o‘rash, qon va so‘lak
namunalarini sud biologiya bo‘limiga taqdim qilish tartibining
mazmun-mohiyati” mavzularida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarga mavzuga doir tegishli tushunchalar berildi. Shu bilan birga mashg‘ulot davomida xodimlarga O‘zbekistan Respublikasi Qonun hujjatlariga kiritilgan so‘ngi o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yetkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati