Tergov organlari xodimlari o‘rtasida keksa avlod vakillari bilan uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
Joriy yilning 10-sentabr kuni IIV Surxondaryo Akademik litseyida Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari, litsey o‘quvchilari hamda tergov organlarida uzoq yillar xizmat qilib, hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan iste’fodagi podpolkovnik Rajabov Alisher, mayor Sherov Bo‘riqul, mayor Shamaev Shuxratlar ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.
Tashkil etilgan uchrashuv davomida faxriylar ayni vaqtda tergov organlarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilar hamda tergov organlariga xizmatga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga tergov sohasining mas’uliyati, sharafi hamda mashaqqati haqida gapirib, xizmat davomida o‘zlari tomonidan fosh qilingan og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida misollar keltirib, tergov o‘tkazish sirlari va yo‘llari bilan o‘rtoqlashdi.
Shundan so‘ng faxriylarga viloyat IIB boshlig‘ining faxriy yorliqlari topshirildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala doirasida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.Ketmonov huzurida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yil 8 oyi davomida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar sarhisob qilindi.
Yig‘ilish yakunida, xodimlarga Tergov boshqarmasi va Ekspert kriminalistika markazi xodimlariga xizmatda foydalanish uchun berilgan maxsus transport vositalarining imkoniyatlari namoyish etildi.