1 Iyun 2022 yil
371
Tergov davomida o‘zganing xonadonida giyohvand modda borligi aniqlandi
Denov tumanida 2022 yil 14 may kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2021 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida, tumanning “Qo‘kbuloq” mahallasida yashovchi, Z.Ziyodning (ism sharif o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganida, sof vazni 138,42 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 15 may kuni Z.Ziyodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati