4 Iyun 2024 yil 423

“Temir intizom va kelajak poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Termiz shahar IIBda ham bir qtor amaliy ishlar olib borilmoqda

Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini aniqlash va barvaqt oldini olish maqsadida, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi binosida  O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo viloyati bo‘yicha ShXXB mas’ul xodimi va shahar IIB rahbariyati bilan “Intizom oyligi” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Shuningdek, “Intizom oyligi” davomida Termiz shahar IIB xodimlar uchun tarixiy obidalarga, kutubxonalarga, madaniyat obektlariga va boshqa bir qator madaniy meros obe’ktlariga sayyohatlar tashkil etilishi, turli sport musobaqalarini o‘tkazilishi bilan birgalikda ularni bilim saviyasini oshirishga maqsadiga qaratilgan "Zakovat intellektual” o‘yinlari, ochiq davra suhbatlari va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Tashkil etilayotgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlarini o‘z sohasining har tomonlama yetuk mutaxassisi bo‘lishiga xizmat qiladi.

Text to speech