14 Iyun 2022 yil 458

Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti

Joriy yilning 14 iyun kuni Qiziriq tuman “Madaniyat uyi” binosida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 iyundagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda, “Ichki ishlar organlari o‘rtasida xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash, favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida joriy yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Qiziriq tumani IIB shaxsiy tarkibning oila a’zolari, tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, Tuman IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik J.Shaymardanovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Qiziriq tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘.Xo‘jamqulov yurtimizda Ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, qilinayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasidagi imkoniyatlarga alohida to‘xtalib, har bir ichki ishlar organlari xodimlari temir intizomga amal qilib, halollik bilan o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, xalqparvarlik bilan faoliyat olib borishlari lozimligi haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida, ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun tuman “Madaniyat uyi” xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ularga olam-olam quvonch va zavq bag‘ishladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech