Televizor o'g'risi qo'shni mahalladan bo'lib chiqdi
Bandixon tumanida 2021 yilning 17 mart kuni tumanning "Bektepa" mahallasida yashovchi, uy bekasi, Ch.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni taxminan soat 10.00 dan soat 13.00 lar chamasiga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida, yashash uyidan 1 dona narxi 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so'mlik "Artel" rusumli televizorini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning "saroy" mahallasida yashovchi, X.B. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 20 mart kuni oson yo'l bilan moddiy manfaat ko'rish maqsadida ushbu o'g'rilikni sodir etgan X.B. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati