Telefonga ko'ngil qo'ygan firibgar
Sho'rchi tumanida 2020 yilning 26 iyun kuni, tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi J.O'. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni taxminan soat 16.00 lar chamasida, tumanning "Xayrabod" mahallasida joylashgan "paynet" shahobchasi yonida, Namangan viloyati Cho'st shahrida yashovchi K.O. J.O'.ga tegishli bo'lgan 1200000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik "Samsung A2" rusumli, telefon apparadan foydalanib olish uchun so'rab olib, uni aldab olib ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, K.O. 2020 yilning 7 iyul kuni taxminan soat 18.00 lar chamasida, tumanning "katta Sovur" mahallasida yashovchi R.N. bilan shu mahalla hududida uchrashib, R.N.dan ham 1500000 (bir million besh yuz ming) so'mlik "Samsung A10" markali telefon apparatini foydalanib olish uchun so'rab olib, aldov yo'li bilan olib ketganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 11 iyul kuni K.O.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati