18 Mart 2020 yil 964

Telefon o'g'risi qo'lga olindi

Oltinsoy tumanida 2020 yil 10 mart kuni, Oltinsoy tumanida yashovchi S.J. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning 8 mart kuni soat 12.00 lar chamasida, tumanning "Bo'ston" mahallasi hududida joylashgan savdo do'konidan 1.850.000 (bir million sakkiz yuz ellik ming) so'mlik "Redmi-8" rusumli uyali telefon apparatini o'g'irlab ketilganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, Oltinsoy tumanida yashovchi J.X. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 2020 yilning 16 mart kuni X.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech