11 Iyul 2020 yil 619

Telefon o'g'rilagan qiz qo'lga olindi

Denov tumanida 2020 yilning 29 iyun kuni, tumanning "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi Sh.A. tuman ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 28 iyun kuni taxminan soat 14.15 lar chamasida, tumanning "Vodiy" mahallasi hududida joylashgan ish joyida faoliyatini olib borayotganida, qo'shni mahallada yashovchi tanishi M.Q. ismli qiz yoniga kelib, undan telefon apparatini quvvatlab olishini so'rab, xonasiga kirganligini va xonadagi tumbochka ustida turgan "REDMI-7A" rusumli uyali telefon aparatini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini M.Q. ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil olingan. 3 iyul kuni M.Q. ismli qizga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech