12 Avgust 2022 yil 388

Teatr sahnasida ham vatanparvarlik ruhi mujassam

Joriy yilning 12-avgust kuni Termiz shahrida joylashgan San’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yilning 3 avgust kunidagi 174-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Ma’naviyat marshruti”ga asosan Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari va ularning ota-onalariga “Chegarachi” nomli vatanparvarlikni madh etuvchi spektakl qo‘yib berildi.

Tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmati boshlig‘i polkovnik Q.Botirov, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.Ketmonov hamda O‘zbekiston Respublikasi ShXBB Surxondaryo viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, so‘ngi vaqtlarda Ichki ishlar organlari tizimida bo‘layotgan islohotlar, xodimlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar hamda xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan intizom va qonun buzilish holatlari yuzasidan so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida 2022 yilning 7 oyi davomida ijobiy ish ko‘rsatkichlariga erishgan xodimlar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.

Text to speech